Prezident budjet mablag‘lari hisobidan ta’lim krediti ajratish tartibini takomillashtirishga doir farmonni imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan kredit faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga beriladi. Baholari “3” dan past bo‘lgan yuqori kurs talabalariga kredit miqdori kamaytiriladi.
2022/2023 o‘quv yilida shu vaqtgacha 27,8 ming nafar talabaga berilgan 317 mlrd so‘mdan ziyod imtiyozli kreditning 242 mlrd so‘mini ayollar oldi. Avvalroq, prezident oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda o‘quvchi xotin-qizlarning 7 yilga foizsiz ta’lim kreditini olishi haqida qaror chiqargandi.
1 oktabrdan boshlab nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning AKT sohasida o‘qishi uchun ta’lim krediti ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda ta’lim kreditlari MBning asosiy stavkasida BHMning 65 baravarigacha 1 yillik imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga ajratiladi.
Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalarini Moliya vazirligining jamg‘armasi qoplab beradi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi.
Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ipoteka va ta’lim krediti uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha amaldagi foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar saqlanib qoladi. Bu haqda prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
Prezident qarori bilan bakalavr va magistrlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida ta’lim krediti ajratiladi. MBning asosiy stavkasi pasaytirilsa ta’lim krediti foizi ham kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi. Kredit olish uchun talabalarning oila a’zolari kafil bo‘lishiga ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting